Hindiston Vashington tomonidan mamlakatga olib kiriladigan po‘lat va alyuminiyga joriy etilgan tariflarga javoban AQShning 30 mahsulotiga import bojlarini oshiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Nyu-Dehli mazkur mahsulotlar ro‘yxatini Butunjahon savdo tashkilotiga taqdim etdi.
Ayrim metall buyumlari, bir qism qishloq xo‘jalik mahsulotlari, mototsikllarning qator modellari va boshqa tovarlarga bojlar 50 foizgacha oshiriladi.
Hindiston ushbu iqtisodiy choralardan 239 million dollar atrofida foyda ko‘rishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)