Liviya qurolli kuchlari “al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Abu Safyan bin Qumuni asirga oldi, deb yozadi al-Arabiya harbiy manbalariga tayanib.
Ekstremist Derna shahridagi operatsiya chog‘ida qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, u rahbarlik qilgan guruhning o‘q-dorilari tugab qolgan, bu esa ularga hujum qilish imkonini bergan.
59 yoshli bin Qumu — “al-Qoida”ning eng obro‘li boshliqlaridan biri. U 1980-yillarda Liviyadan ketib, Sudanda Usama bin Ladenga haydovchilik qilgan. Uni AQSh harbiylari qo‘lga tushirib, Guantanamodagi qamoqxonaga joylagan, 2007-yilda esa Liviyaga ekstraditsiya qilgan, u yerda ham u hibsda bo‘lgan.
2011-yilda terrorchi qamoqdan qochib, Dernada ekstremistik guruhni tashkil qilgan.
Izoh (0)