Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollarining videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Yig‘ilishda respublikadan kelgan vazirlik, tashkilot va idora mutasaddilari, viloyat mas’ullari ishtirok etmoqda. Farg‘ona shahri va tumanlar hokimliklari binolarida ham faollar videoselektorni kuzatib bormoqda.
Prezident faollar bilan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, “Obod qishloq” dasturining bajarilishi kabi masalalarga e’tibor qaratmoqda.
Videoselektor davom etmoqda.
Izoh (0)