• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayit bayrami va unda ado etiladigan amallar

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining matbuot xizmati Hayit bayrami va unda ado etiladigan amallar borasida berilgan ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. E’tiboringizga uni to‘lig‘icha havola etamiz.

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

    Biz hayit bayrami deb atayotgan bayram arab tilida “iyd” ya’ni “qaytish”, “takror kelish” ma’nolarini anglatadi. Bu bayram qayta-qayta kelgani uchun mazkur nom bilan atalgan. Ba’zi ulamolar: “Bu bayram insonlarga ularning qiyinchilik va g‘am tashvishlariga qaramasdan har yili ularga xursandchilik va shodlik bilan qayta-qayta kelgani uchun “iyd” deb nomlangan, deganlar.

    Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor:

    1. Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;
    2. Iyd ul-azho. Bu bayram har yili Zulhijja oyining o‘ninchi kuni nishonlanadi;
    3. Haftalik bayram. Har haftaning juma kuni musulmonlar uchun bayram hisoblanadi.
    Ikki hayit bayrami kunlari haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

    Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Ularning (Madinaliklarning) o‘ynab hordiq chiqaradigan ikki kunlari bor edi. U zot alayhissalom: “Bu ikki kun qanday kun”, dedilar. Madinaliklar: “Biz johiliyatda bu ikki kunda o‘ynab hordiq chiqarar edik”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Alloh taolo sizlarni bu ikkisidan yaxshiroq kunlarga almashtirdi, iydul azho va iydul fitr”,dedilar”. (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).

    Ushbu ikki hayit bayrami Islomning ikki ulug‘ ruknlari ortidan keladi. Ulardan biri Ramazon ro‘zasi tugaganidan so‘ng, ikkinchisi hajdan keyin ya’ni hojilar Arafotda turganlaridan so‘ng nishonlanadi.

    Hayit bayramlari barcha musulmonlar shodlik va xursandchilik izhor qiladigan kunlar hisoblanadi. Bu kunlarda mo‘minlar Alloh taologa bergan son-sanoqsiz ne’matlari uchun, shukrona sifatida sadaqai fitrlarni beradilar, qurbonlik qiladilar takbir aytadilar, hayit namozlarini ado etadilar. Hayit bayrami kunlari ibodat va shukrona kunlari, xursandchilik va shodlik kunlaridir. Shunga ko‘ra bu kunlar dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangan ulug‘ kunlar hisoblanadi.

    Ulamolar juma namozini ado etish farz bo‘lgan kishilarga hayit namozlarini ado etish vojib bo‘ladi, deganlar.

    Hayit namozlari qo‘yosh bir yo ikki nayza bo‘yi ko‘tarilgandan so‘ng o‘qiladi.

    Hayit namoziga chiqishda g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqiladi. Bu haqida hadisi sharifda quyidagicha xabar berilgan:

    Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayiti kunida va Qurbon hayiti kunida (albatta) g‘usl qilar edilar” (Imom Ibn Moja rivoyati).

    Shuningdek hayit namoziga chiqishda yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqiladi.

    Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab sanaladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shodu-xurramligini namoyon qilish bo‘ladi. Bunga imkoni yo‘qlar eng yaxshi toza-ozoda kiyimlarini kiyib chiqadilar.

    Hanafiy mazhabiga ko‘ra “iydu fitr” kuni tongi otishi bilan “sadaqai fitr”ni berish vojib bo‘ladi. Ammo undan oldin Ramazonning avvalgi kunlarida berish ham joiz hisoblanadi. “Sadaqai fitr”ni berish tufayli kambag‘allarning xonadonlariga ham xursandchilik ulashilgan bo‘ladi. Bunga quyidagi hadisda dalil bor:

    Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini insonlar namozga chiqishlaridan oldin ado etilishiga amr qilganlar” (Imom Muslim rivoyati).

    Ramazon hayiti bayramida namozgohga chiqish oldidan biror shirinlik tanovul qilish sunnat hisoblanadi. Bu haqida hadisi sharifda bunday xabar berilgan:

    Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) bir nechta xurmo yemasdan (namozgohga) chiqmasdilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

    Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi o‘laroq to hayit namozini ado etilgunicha taomlanmaslik sunnat bo‘ladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

    Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam fitr kunida taomlangunlaricha (fitr namoziga) chiqmasdilar va qurbonlik kunida namoz o‘qigunlaricha taomlanmasdilar”. (Imom Termiziy rivoyat qilgan).

    Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti kunida namozgohdan qaytganlaridan so‘ng qurbonlik qilib, dastlab uning go‘shtidan tanovul qilganlari rivoyat qilingan.

    Agar biror uzr bo‘lmasa, hayit namoziga piyoda yurib borish ham sunnat hisoblanadi. Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:

    “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz o‘qir edilar. So‘ngra boshqa yo‘ldan uyga qaytar edilar” (Imom Ibn Moja rivoyat qilgan).

    Shunga ko‘ra biror kasallik, yoki uzoqlik yoki qoru-yomg‘ir singari biror uzr bo‘lmasa, namozgohga piyoda borish sunnat bo‘ladi.

    Hayit namozini o‘qish uchun uydan chiqilgan paytdan to namozgohga yetib borguncha “La ilaha illalloh” va “Allohu akbar” larni aytib borish ham sunnatdir. Ushbu takbir va tahlillar bilan hayit bayrami kelganidan xursand bo‘lish va bu kunning boshqa kunlardan farqli kun ekanini bildirish hisoblanadi. Ammo takbir aytishda hamma jamlanib, oralaridan biri baland ovozda takbir aytib qolganlar unga jo‘r bo‘lishlari sunnat emasdir. Chunki bunday takbir aytish rivoyat qilinmagan.

    Hayit namozi ikki rakatlik namozdir. Hayit namozi vaqti kirganida imomga iqtido qilgan holda azon va takbirsiz ikki rakat namoz o‘qiladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

    Ibn Abbos va Jobir ibn Abdulloh Ansoriy roziyallohu anhumolar: “Fitr kunida ham, Qurbonlik kunida ham azon aytilmagan”, deyishdi”, (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

    Chunki azon va takbir farz namozlari uchun sunnat bo‘ladi.

    Imom iyd namozining qiroatini jahriy qiladi va birinchi rakatiga “A’la” surasini, ikkinchi rakatiga “G‘oshiya” surasini zam qilishi mandub bo‘ladi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayit namozlarida “Qof” va “Qamar” suralarini zam qilganlari ham rivoyat qilingan.

    Hanafiya mazhabiga ko‘ra hayit namozlari quyidagi tartibda ado etiladi:

    • Imomga iqtido qilib hayit namozini ado etishni qalbida niyat qilinadi va mazkur niyat ham talaffuz qilinadi;
    • Keyin imom ortidan takbiri tahrima aytilib quloq qoqiladi. Takbiri tahrimadan so‘ng qo‘llar kindik osiga bog‘lanib “sano” duosi o‘qiladi;
    • Keyin imomga ergashib uch marta takbir aytiladi. Har takbir aytishda qo‘llarini bosh barmoqlari quloqlari yumshog‘iga tegadigan miqdorda ko‘tarib so‘ng yonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib kindik ostiga qo‘yiladi;
    • Keyin imomning qiroatiga quloq solinadi. Qiroatdan so‘ng imom ortidan takbir aytib ruku va sajdalarni ado etadi;
    • Ikkinchi rakatda imom takbirlardan oldin qiroat qiladi. Qiroatdan so‘ng imom bilan birgalikda uch marta takbir aytiladi va har takbirda qo‘llarni boshbarmoq quloq yumshog‘iga tegadigan miqdorda ko‘tarilib so‘ng yonga tushuriladi;
    • To‘rtinchi takbir aytishda qo‘llarni ko‘tarmasdan imomga ergashgan holda rukuga boriladi hamda imomga ergashgan holda sajdalar qilinadi;
    • Sajdalardan so‘ng oxirgi qa’dada o‘tirganida attahiyot, salavot va duo o‘qilib, imom ortidan salom berish bilan hayit namozi yakunlanadi.
    Agar birov hayit namoziga bir rakat kech kelib qolsa, imom salom bergandan so‘ng, salom bermasdan turib qiroat qiladi keyin uch takbir aytadi, har takbir aytganda bosh barmoqlari qulog‘i yumshog‘iga tegadigan miqdorda qo‘llarini ko‘taradi to‘rtinchi takbirda rukuga ketadi.

    Hayit namozi xutbadan oldin o‘qiladi. Bu haqida juda ham ko‘plab hadisi shariflar rivoyat qilingan. Jumladan, Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:

    Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ham, Abu Bakr, Umar va Usmon roziyallohu anhumlar bilan ham hayit namozi o‘qiganman, barchalari hayit namozini xutbadan oldin o‘qir edilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

    Imom orqasini qibla tarafga qilib jamoatga yuzlanib xutba o‘qiydi. Buning dalili quyidagi rivoyatdir:

    Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Fitr va Qurbonlik kunlari namozgohga chiqar edilar. Avval boshlaydigan ishlari namoz o‘qish bo‘lar edi. So‘ngra burilardilar va insonlar bilan yuzma-yuz turar edilar. Insonlar saf-saf bo‘lib o‘tirar edilar. Ularga va’z-nasihat qilib, (to‘g‘ri yo‘lga) buyurar edilar. Agar biror joyga yuboriladigan kishilarni ajratmoqchi bo‘lsalar ajratar edilar, yoki biror narsaga buyurmoqchi bo‘lsalar buyurar edilar. So‘ngra ortga qaytar edilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

    Hayit namozidan so‘ng insonlarning bir-birlari bilan ko‘rishishlari va hayit bayrami bilan qutlashlari ham hayit kunining odoblaridan hisoblanadi. Hayit kunida bir-birlarini tabriklash ma’nosida o‘qiladigan muayyan duo bo‘lmasa ham, “Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin” ma’nosidagi tilaklar bildirish yaxshi sanaladi.

    Hayit kunida namozgohdan uyiga qaytishda borgan yo‘lidan boshqa yo‘ldan qaytish ham sunnat bo‘ladi. Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bu haqida bunday deyilgan:

    “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz o‘qir edilar. So‘ngra boshqa yo‘ldan uyga qaytar edilar”( Ibn Moja rivoyat qilgan).

    Hayit bayramida saylgohlarga chiqish, qavmu-qarindoshlarni ziyorat qilish bilan bu kundagi umumiy xursandchiliklar doirasi kengayadi, ularga sovg‘alar ham ulashiladigan bo‘lsa o‘zaro mehr-muhabbat rishtalari mustahkamlanib shodu-xurramliklar yanada ziyoda bo‘ladi. Musulmon kishi hayit kunlarida imkon qadar qavmu-qarindoshlarga xususan muhtojlarga xursandchilik ulashishga harakat qilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Shuningdek, ulamolar va tolibi ilmlarni ziyorat qilish ham hayit bayramidagi fazilatli amallardan sanaladi. Albatta bunda ularning vaqtlariga rioya qilish lozim bo‘ladi.

    Umuman olganda hayit bayramining jamiyat vakillari orasidagi gina-adovatlar va turli ko‘ngilsizliklarni ketkazish hamda ular o‘rtasida mehr oqibat rishtalarini yanada mustahkamlash singari hikmatlari ko‘pdir.

    12.06.2018, 18:56   Izoh (0)   94547
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident tashrifidan so‘ng Marg‘ilonda nimalar o‘zgardi? (foto)

    12.06.2018, 18:21

    Surxondaryodagi mol bozorida ro‘y bergan janjal o‘lim bilan yakunlandi

    12.06.2018, 17:30

    “O‘zavtosanoat” AK yil oxiriga qadar butlovchi qismlar importini 10 foizga qisqartiradi

    12.06.2018, 17:29

    Farg‘onada qarovsiz qoldirilgan bola mashina ichida o‘zini yoqib yubordi

    12.06.2018, 16:36

    Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga tabrik yo‘lladi

    12.06.2018, 16:27

    Davlat xavfsizligi xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev Tojikistonga bordi

    12.06.2018, 16:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.