Uelsda 10-iyun kuni yengil motorli samolyot halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Qayd etilishicha, hodisa Monmutshir grafligida yuz bergan. Qutqaruvchilar brigadasi hodisa joyiga mahalliy vaqt bilan 11:15 da yetib kelgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, parvoz vaqtida samolyot dvigateli ishlamay qolgan.
Hozirda halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)