ShHT davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sammit natijalari bo‘yicha Sindao deklaratsiyasi qabul qilindi. Yana bir qator hujjatlar imzolandi.Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq ShHT davlat rahbarlarining yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT bosh kotibligiga tasdiqlandi.
Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori etib tayinlandi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tdi.
Izoh (0)