Sud hay’ati Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Kevin Mellorini Xitoy foydasiga josuslik qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligining saytida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
61 yoshli Mellori 2017-yilning yozida Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblandi. Ma’lum qilinishicha, Mellori mart va aprel oyida ikki marotaba Shanxayga borib, Xitoy razvedkasi uchun ishlaydigan Maykl Yang bilan uchrashgan.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, Mellori Xitoy hukumati vakiliga to‘rtta hujjatni topshirgan, ulardan biri “o‘ta maxfiy” hisoblanadi. Yana ikkitasida ham “maxfiy” belgisi bo‘lgan. Qoralovchi tomonning ta’kidlashicha, u hukumatga oid yana to‘rtta hujjatni xitoyliklarga berishni rejalashtirgan.
Yakuniy qarorni sudya qabul qiladi. Mellori umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.
Izoh (0)