Polshada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. To‘qnashuvda yana bir avtomobil ham ishtirok etgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“RIA Novosti” tomonidan xabar qilinishicha, YTH oqibatida 48 kishi, shu jumladan, 43 nafar bola jarohat olgan. To‘qnashuv Zakopanye kurort shahri va Varshava o‘rtasida yuz bergan. Gimnaziya o‘quvchilari ekskursiyadan qaytayotgan edi. Avtobusda 7-sinfning 44 nafar o‘quvchisi, shuningdek, katta yoshli tarbiyachilar bo‘lgan.
To‘qnashuv ikki haydovchidan biri qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan vaqtda yuz bergan. Yuk mashinasi va yengil avtomobildagi ikki kishi transport vositasi ichida qisilib qolgan, qutqaruvchilar ularni chiqarib olgan.
Izoh (0)