Fransiya hukumati o‘quvchilarga maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, smartfonlar va shunga o‘xshash gadjetlardan nafaqat darslar vaqtida, balki tanaffuslarda ham foydalanish mumkin emas.
Cheklov 15 yoshgacha bo‘lgan barcha o‘quvchilarga taalluqli va joriy yilning sentabr oyidan kuchga kiradi.
Dastlab o‘qituvchilar va maktab xodimlariga ham ish vaqtida smartfondan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilgan edi, biroq keyinchalik bu chora juda ortiqcha ekanligiga qaror qilingan.
Izoh (0)