Rossiyada 2014-yildagi idoralararo maxfiy buyruq bilan SSSRda qatag‘on qilingan kishilar haqidagi arxiv kartochkalari yo‘q qilinmoqda. Bu haqda Lagerlar va qamoq joylari bosh boshqarmasi muzeyi direktori Roman Romanov ma’lum qildi, deb yozmoqda TJournal.
Muzey direktori bu vaziyatga oydinlik kiritishni so‘rab, Rossiya prezidenti maslahatchisi Mixail Fedotovga murojaat qilgan.
Romanovning so‘zlariga ko‘ra, kartochkalarning yo‘q qilinishi lagerlar tarixini o‘rganishda va repressiya qurbonlari haqidagi ma’lumotlarni olish bo‘yicha jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, bu ishlar 2014-yil 12-fevraldagi “ichki xizmat foydalanishi uchun” chiqarilgan idoralararo buyruqqa asosan amalga oshirilgan. Buyruq Rossiya IIV, Adliya vazirligi, FVV, Mudofaa vazirligi, FXX, Giyohvand moddalar aylanishi bo‘yicha nazorat federal xizmati, Federal bojxona xizmati, Federal qo‘riqlash xizmati, Tashqi razvedka xizmati, shuningdek, Bosh prokuratura va Federal kuryerlik xizmati tomonidan imzolangan.
Izoh (0)