AQSh prezidenti Donald Tramp Singapurdagi uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tsa, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni AQShga taklif qilishi mumkinligini aytdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“Agar muzokaralarimiz yaxshi o‘tsa, unda ha”, — dedi Tramp KXDR yetakchisini AQShga taklif qilish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga javoban.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, agar Kim Chen In AQShga kelsa, u bilan uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, bu haqda Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Izoh (0)