Turkiyaning yahudiy jamoasi turli diniy konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni namoyish etish maqsadida minglab musulmonlar uchun iftorlik tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Anadolu” agentligiga tayanib xabar berdi.
Turkiyaning Edirna shahrida mingdan ortiq musulmon ishtirok etgan iftorlik tashkil etilgan. Bu singari iftorlik bu yil to‘rtinchi marta tashkil etilayotgani va yildan yilga ko‘pchilikning diqqat-e’tiboriga sazovor bo‘layotgani aytilgan.
Izoh (0)