Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida nevaralari bilan muloqot qilishga vaqti yetmasligi, ular bilan esa ko‘proq gaplashishni xohlashi haqida gapirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Putinning aytishicha, vaqt masalasi har doim murakkab bo‘lib, u yetmaydi, demakki, u vaqtini yomon tashkillashtiradi. Rossiya prezidenti o‘z nevaralari bilan ko‘proq muloqot qilishni xohlashini aytib o‘tgan.
Jurnalist tomonidan Putinning qanday bobo ekanligi haqidagi savoliga javoban prezident hammasi yaxshi va o‘z joyida ekanligi, nevaralariga o‘yinchoqlar sovg‘a qilishini aytib o‘tgan.
Izoh (0)