Italiyada politsiyachilar giyohvand moddalarga qarshi kurash operatsiyasi doirasida o‘n tonnadan ortiq gashish giyohvandlik moddasini musodara qildi va to‘qqiz kishini qo‘lga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, operatsiya Sitsiliya qirg‘oqlaridan janubda o‘tkazilgan. Politsiyachilar ikki sutka davomida Niderlandiya bayrog‘i ostidagi balqichi kemani kuzatgan.
To‘qqiz kishi, shu jumladan, sakkiz nafar ekipaj a’zosi va kapitan qo‘lga olingan. Ularning fuqaroligi haqida hozircha ma’lumotlar e’lon qilinmagan.
Olib qo‘yilgan giyohvand moddalar giyohvand moddalar tarqalishiga qarshi kurashga yo‘naltirilgan Libeccio International xalqaro operatsiyalarining navbatdagi seriyasi bo‘lgan.
Izoh (0)