BAAning Abu-Dabi shahri politsiyasi muqaddas Ramazon oyida ro‘za tutayotgan haydovchilarga 140 ming kishilik ovqatni bepul tarqatadi, deb xabar beradi “Islam.ru”.
Qayd etilishicha, hozirda shahar politsiyasi har kuni haydovchilarga 4750 porsiya ovqatni bepul tarqatmoqda.
Politsiyachilar ko‘ngillilar bilan birga har kuni iftor vaqtida Abu-Dabining 10 ta chorrahasida ovqat tarqatish bilan shug‘ullanadi.
Xabarda qayd etilishicha, iftor vaqtida haydovchilarga bepul ovqat tarqatilishi haydovchilarning og‘iz ochishga shoshishi oqibatida yuzaga keladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
Izoh (0)