Coca-Cola kompaniyasi Yaponiya bozorlari uchun kam kaloriyali shaffof ichimlikni taqdim etdi. Bu haqda The Straits Times nashriga tayanib, Afisha Daily xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ushbu yangi ichimlikni salkam bir yil oldin yaratgan. Shaffof Coca-Cola ichimligi mamlakatdagi do‘konlarda 11-iyunda boshlab sotuvga chiqadi. Bu turdagi ichimlikning 0,5 litrlisini 1,69 dollar evaziga xarid qilish mumkin.
Shaffof Cola’dan ichib ko‘rgan SoraNews24 nashri jurlanistlarining ta’kidlashicha, yangi ichimlikning ta’mi klassik Cola’nikidan deyarli farq qilmaydi, biroq u ichayotgan odamga shirin emas, balki tetiklashtiruvchi ichimlikdek tuyuladi.
Izoh (0)