Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi (ISIP) yetakchisi Pedro Sanches 2-iyun, shanba kuni Sarsuela qirollik saroyida qasamyod qilib, mamlakat bosh vaziri lavozimiga rasman kirishdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Sanches ateist ekani bois, u qo‘lini Muqaddas kitob (Bibliya) va xochga qo‘ymay qasamyod qilgan Ispaniya tarixidagi ilk bosh vazir bo‘ldi. Undan qasamyodni davlat rahbari — qirol Felipe VI qabul qilib oldi.
1-iyun kuni parlament deputatlari zamonaviy Ispaniya tarixida ilk bor amaldagi hukumatni ko‘pchilik ovoz bilan iste’foga chiqargan edi — Mariano Raxoy hukumatiga ishonchsizlik votumi bildirildi. Bunga Raxoy boshchilik qiladigan o‘ng-markazchi Xalq partiyasi a’zolarining korrupsiyaviy mojaroga aralashib qolgani sabab bo‘ldi.
Izoh (0)