AQShning Kollej-Steyshn shahrida zargarni o‘zining 19 yoshli o‘g‘li tomonidan yollangan qotil otib o‘ldirdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Joriy yilning 2-mart kuni 55 yoshli Teodor Shonessi yashaydigan uyga noma’lum kishi kirgan. U erkakka bir necha marta o‘q uzgan, uning itini o‘ldirgan, undan keyin esa yashiringan. Zargarning rafiqasi tirik qolgan va politsiya chaqirgan.
Politsiya tomonidan gumon qilinishicha, qotillik ortida zargarning 19 yoshli o‘g‘li Nikolas Shonessi turgan. Ma’lum bo‘lishicha, u bir necha oy davomida pul evaziga qotillikni amalga oshirishga tayyor kishini izlagan. O‘g‘ilning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasining o‘limi uchun sug‘urta puli, ularning uyi va zargarlik do‘konini sotish qariyb sakkiz million dollar olib keladi.
Qotil hali topilgani yo‘q. Nikolas Shonessining uyidan jinoyat vaqtida foydalanilgan o‘q-dori bilan bir xil o‘qlar topilgan. Shuningdek, o‘g‘ilning rafiqasi ham qo‘lga olingan, ular qotillikda ayblanmoqda.
Izoh (0)