1-iyun kuni G‘azo sektorida HAMAS vakillari va Isroil armiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda falastinlik hamshira Razan al-Najar halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, 21 yoshli volontyor-hamshira Xan-Yunis shahrining sharqiy tomonida joylashgan chegara to‘siqlari yaqinida yaralanganlarga yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lganida o‘ldirilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Najar isroillik askarlar unga qarat o‘q uzgan paytda qo‘lini ko‘targan, u o‘sha paytda tibbiy xizmatchilar kiyimida bo‘lgan.
Avvalroq, isroillik harbiylar ular faqat xavf tug‘diruvchi kimsalarga qarata o‘q uzishini, biroq ayrim hollarda o‘tkinchilar ham jarohatlanishini ma’lum qilgan edi.
Isroil armiyasi alohida bayonotida ushbu hujum chegaraning beshta hududida falastinliklarning qarshiliklari kuchaygani uchun amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)