Shlezvig-Golshteyn federal yerining bosh prokuraturasi Germaniya oliy yer sudi prokuraturasiga Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemonni Ispaniyaga ekstraditsiya qilish haqida rasmiy iltimosnoma kiritdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Shlezvig-Golshteyn yeri bosh prokuraturasi bugun oliy yer sudidan Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemonni Ispaniyaga jinoiy ta’qibni o‘sha yerda davom ettirish uchun ekstraditsiya qilish haqida iltimosnoma kiritdi”, — deyiladi hujjatda.
Puchdemonni ekstraditsiya qilishning qonuniy huquqliligi haqidagi qarorni Shlezvig-Golshteyn oliy yer sudining jinoyat ishlari bo‘yicha birinchi kollegiyasi qabul qiladi.
Puchdemon oktabr oyining oxirida Kataloniya parlamenti mamlakat mustaqilligini noqonuniy e’lon qilganidan so‘ng Ispaniyadan Belgiyaga qochib ketgan edi.
Izoh (0)