Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Reynland-Pfalats yerida hayvonot bog‘idan birdaniga bir nechta hayvon — ikkita sher, ikkita yo‘lbars va yaguar qochib ketgan. Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, ular bilan birga ayiq ham qochgan, biroq u qo‘riqchilar tomonidan otilgan. Bog‘ ma’muriyati hayvonlar qochganini tasdiqlagan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Politsiya qo‘riqchilar bilan birga hayvonlarni boqqa qaytargan. Devorlar tiklangan va qafaslar qayta yopilgan.
Qidiruv ishlari Lyunebax shahriga yaqin tumanlarda olib borilgan, mahalliy aholidan uyda qolish so‘ralgan. Qidiruvga bog‘ qo‘riqchilari va qariyb butun mahalliy politsiya jalb qilingan. 30 gektarni egallaydigan hayvonot bog‘ida taxminan 400 ta hayvon yashaydi.
Jurnalistlar fikriga ko‘ra, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar 31-mayda boshlangan yog‘ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelgan. Shaharda suv toshqinlari yuz bergani sababli hayvonlarning qafaslari qisman buzilgan.
Izoh (0)