Sovet Ittifoqining 1980-yillarda Afg‘onistonda urib tushirilgan va bedarak yo‘qolgan deb hisoblanuvchi harbiy uchuvchisi tirik va vataniga qaytishni xohlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, uchuvchining qaytishi uchun nafaqat moliyaviy yordam, balki ma’muriy ko‘mak, jamoat tashkilotlari yordami ham zarur. Uning vataniga qaytishi uchun diplomatik ishlar amalga oshirilishi kerak. Bunda uchuvchining ismi ma’lum qilinmayapti.
Rossiyaning Afg‘oniston veteranlari ittifoqi uchuvchining vataniga qaytishi uchun har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor. Ittifoq yetakchisi senator Frans Klintsevich shu haqida ma’lum qilgan.
Ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, 1979—1989-yillarda Afg‘onistonda Sobiq Ittifoq habiy-havo kuchlarining 125 ta samolyoti urib tushirilgan.
Izoh (0)