• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bolalar xo‘rlanib, qizlar zo‘rlangan mehribonlik uyidagi dahshatlarning yangi tafsilotlari

    “Repost.uz” nashri Marg‘ilondagi 1-mehribonlik uyida sodir bo‘layotgan dahshatlar — bolalarning xo‘rlanishi, qizlarning zo‘rlanishi bilan bog‘liq hodisaning yangi tafsilotlari haqida maqola e’lon qildi.

    Foto: “Repost.uz”

    Foto: “Repost.uz”

    2017-yilning dekabr oyida Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida joylashgan 1-mehribonlik uyida bolalarning zo‘rlanishi haqidagi dahshatli mish-mishlar keng tarqaldi. Ma’lumki, bunday muassasalardagi mavjud sharoitlar havas qiladigan darajada bo‘lmaydi. Bunday joylarda bolalar to‘yib ovqat yemasligi, ularning gigiyena qoidalariga rioya etishi uchun sharoit yaxshi bo‘lmasligi, toza buyumlar berilmasligi kabi ochiqchasiga tahqirlovchi holatlar haqida avvaldan aytilib kelinadi.

    Tarbiyalanuvchilar faqat bayram kunlari, shahar rahbariyati yoki mamlakatning boshqa tumanlaridan tashrif buyurgan mehmonlar oldida chiroyli kiyintirilgan. Ammo bu holga allaqachon e’tibor berilmay qo‘yilgan. Ehtimol, ushbu mehribonlik uyidagi zo‘ravonliklar OAVda o‘z tasdig‘ini topmaganida bu mish-mishlar ham unutilib ketardi.

    Haqiqatdan ham, hozirda ushbu mehribonlik uyi xodimlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Ular katta miqdordagi pulni o‘zlashtirish hamda tarbiyalanuvchi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikda gumon qilinmoqda.

    Hammasi nimadan boshlandi?

    Marg‘ilondagi mehribonlik uyi voqealarining yuzaga chiqishi borasida bir necha taxminlar mavjud:

    1. Tarbiyalanuvchilaridan biri bilan yuz bergan “baxtsiz hodisa”dan so‘ng, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ushbu mehribonlik uyiga e’tibor qaratgan. Mehribonlik uyining ismini oshkor qilishni istamagan xodimning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yilning kuzida tarbiyalanuvchi qizlardan biri o‘z joniga qasd qilishga uringan. Tirik qolgan qiz mahalliy shifoxonalardan biriga yotqizilgan. Shifokorlar qizning tanasida zasoslarga o‘xshagan, ko‘plab zo‘ravonlik alomatlarini aniqlashgan. Uzoq suhbatlardan so‘ng, qiz mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarga nisbatan muntazam ravishda zo‘ravonlik sodir etilishini aytib beradi. Qiz bunga Mehribonlik uyining katta yoshdagi tarbiyalanuvchilari, xodimlari va begona shaxslarning daxldorligini ma’lum qiladi. Bu esa o‘z navbatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun tekshiruvlar uchun sabab bo‘ladi.

    2. Yana bir taxminga ko‘ra, 2017-yili yolg‘iz ona mehribonlik uyiga qizini tashlab, o‘zi pul ishlash uchun chet elga ketadi. Ona bolasidan voz kechmaydi, qarindoshlari yo‘qligi sabab shunday yo‘l tutishga majbur bo‘ladi. Tanish ayol muntazam ravishda qizdan xabar olib, unga oziq-ovqat va kiyim-kechaklar yetkazib turadi. Bir kuni qiz tanish ayoldan onasi bilan gaplashishni iltimos qiladi. Ona bilan gaplashgan qiz, mehribonlik uyi xodimlari va katta yoshli tarbiyalanuvchilarning zo‘ravonligi haqida bor haqiqatni aytib beradi. Qizning onasi chet eldan qaytib keladi. Qizchaning psixolog bilan bo‘lgan suhbatidan so‘ng voqea o‘z tasdig‘ini topadi.

    Har ikki voqeaning yakunida huquq-tartibot idoralari mehribonlik uyini kuzatishga tushadi. Ichki va tashqi video kuzatuv yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi videokuzatuv mehribonlik uyi qarshisida joylashgan poliklinika orqali amalga oshiriladi. Poliklinika palatalarining birida kuzatuv kamerasi o‘rnatiladi. Ichki kuzatuv esa “homiy tomonidan sovg‘a qilingan” televizor orqali amalga oshiriladi.

    Kuzatuv natijalarida qizlar aytgan gaplar o‘z tasdig‘ini topadi. Ma’lum bo‘lishicha, uzoq vaqt davomida mehribonlik uyi bolalari zo‘rlab kelingan. Ammo bu qachondan boshlangan?

    Avloddan-avlodga o‘tib kelinayotgan odat

    Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ikki maktabda: 8-o‘zbek va 11-rus maktablarida ta’lim olishadi. Ular boshqa o‘quvchilardan nafaqat guruh bo‘lib kelishi bilan, balki xulq-atvori bilan ham farq qiladi. Bolalar tajovuzkor bo‘lib, katta yoshdagi bolalar kichik yoshdagilarni xafa qilishi ayniqsa ko‘zga tashlangan. Bir qarashda bunday hol oddiy oilalar farzandlarida ham kuzatiladigandek tuyuladi.

    Ushbu kamsitishlar zamirida jinsiy zo‘ravonlik yotadi. Jumladan, 3-sinfda o‘quvchi qizni 6-sinfda o‘quvchi bola ochiqchasiga xafa qilgan. Har ikkisi ham 8-maktab o‘quvchisi hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari.

    Ushbu o‘quvchilar bilan tarbiyaviy suhbat davomida bunday harakatlar katta yoshdagi o‘quvchilar zo‘ravonligining natijasi ekanligi aniqlanadi. Bolalar tanasidagi zo‘ravonlik izlari esa buning tasdig‘i bo‘ldi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, xuddi shu maktabning o‘g‘il bola o‘quvchilari g‘ayriijtimoiy jinsiy xatti-harakatlar sodir etayotgan vaqtda bir necha marotaba ushlangan. Ular bilan bo‘lgan suhbatda mehribonlik uyida “jinsiy tarbiya” faol ravishda amaliyotga tatbiq etilgani aniqlanadi.

    Ammo hibsga olingan mehribonlik uyi tarbiyachilari aytgan gapi yanada dahshatlidir. Suhbat chog‘ida ular yuz bergan voqealarning qo‘rqinchli narsa emasligini, xotirjam ravishda ta’kidlashgan. Tarbiyachilar aytishicha, ular mehribonlik uyida tarbiyalangan davrda ham, ularning tarbiyachilari xuddi shunday qilishgan.

    Bundan chiqdi, zo‘ravonlik bir emas, bir necha o‘n yillar davom etgan.

    Maxfiylik grifi ostida

    Ani paytda mehribonlik uyi xodimlaridan aniq ma’lumot olishning imkoni yo‘q. Hamma sarosimada va ular uchun matbuot bilan aloqa qilish o‘z joniga qasd qilish bilan teng. Faqatgina muassasaning 10 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgani, 167 million so‘mdan ko‘proq zarar aniqlangani ma’lum. Shuningdek, muasassa xodimlari qasddan bolalarga jismoniy shikast yetkazgani, abort qilishga majburlagani, voyaga yetmagan shaxslar bilan jinsiy aloqa qilgani ham tasdiqlandi.

    Biroq, bolalarning mehribonlik uyi xodimlaridan tashqari, hayr-ehson qiluvchi “saxovatpesha” insonlar tomonidan ham zo‘rlanganligi noaniqligicha qolmoqda. Hozirda Marg‘ilondagi haydovchilar, mehribonlik uyi xodimlarining qarindoshlari, umuman, bu dahshatli voqeadan xabari bor deyarli har bir odam shu haqda gapirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, “saxovatpesha” insonlar homiylik qilish niqobi bilan yashirinib, o‘zlariga “o‘lja” tanlagan. Ayrimlarini mehribonlik uyi hududida zo‘rlagan, boshqalarini esa boshqa joylarga olib ketishgan. Eng dahshatlisi, ular orasida 8—9 (!) yoshdagi bolalar ham bo‘lgan.

    Marg‘ilondagi mehribonlik uyi bo‘yicha ko‘p savollar ochiqligicha qolmoqda. Eng asosiylari: vaziyat o‘zgaradimi, shundoq ham ko‘ngli yarim bo‘lgan bolalarga ozor yetkazish to‘xtatiladimi? Kattalarning ahloqsiz xatti-harakati sabab ruhiyati buzilgan bolalar taqdiri nima bo‘ladi?

    02.06.2018, 10:53   Izoh (0)   463099
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura Sergeli tumanida firibgarlikdan jabrlangan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rdi

    02.06.2018, 10:38

    OAV: Botir Parpiyevning Soliq qo‘mitasidagi sobiq birinchi o‘rinbosari hibsga olingan

    02.06.2018, 10:06

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari Dushanbeda muzokaralar o‘tkazdi

    02.06.2018, 09:51

    Farg‘onada avtoturargoh va Isuzu avtobusi yondi

    02.06.2018, 09:35

    Shavkat Mirziyoyev: Budjet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham

    02.06.2018, 09:20

    Yangiqo‘rg‘onda bayram munosabati bolalarga o‘quv qurollari to‘plamlari taqdim etildi

    01.06.2018, 23:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.