30-may kuni Surxondaryoda sodir bo‘lgan YHT oqibatida mashina ichida bo‘lgan haydovchining qizi va bir nafar ayol halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida yashovchi fuqaro o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini Chinor va Zardako‘l mahallasini tutashtiruvchi yo‘lda haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay qolgan.
Tepalikka urilgan mashina ag‘darilib ketgan. Natijada haydovchining avtomobil ichida bo‘lgan 9 yoshli qizi hamda 53 yoshli ayol olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyiga vafot etgan.
Izoh (0)