O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish nisbatan past darajada qolmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan dalolat berdi.
Ulardan ma’lum bo‘lishicha, mamlakatdagi yuridik shaxslarning faqat 3,9 foizi muqobil energiya manbalaridan foydalanadi. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 3,7 foiz edi.
Ushbu yuridik shaxslarning aksariyati — 2,7 foizi biogaz qurilmalaridan foydalanadi. Shu bilan birga o‘tgan vaqt davomida quyosh batareyalaridan foydalanuvchilar soni 1,4 foizdan 1,9 foizgacha, quyosh kollektorlaridan foydalanuvchilar soni 0,5 foizdan 1 foizgacha oshdi.
Viloyatlar bo‘yicha muqobil energiyadan foydalanishda Navoiy viloyati yetakchilik qilmoqda. Bu yerda yuridik shaxslarning 12,5 foizi muqobil energiya manbalaridan foydalanadi.
Ushbu ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida 7,5, Toshkentda 4,3, boshqa viloyatlarda esa 2-3 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)