10-may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida noma’lum shaxs Bunyodkor ko‘chasida joylashgan “Do‘stlik” bozori oldida qarovsiz qoldirilgan D.R ismli ayol boshqaruvidagi Matiz Best rusumli avtomashinasini haydab qochgan, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Bunyodkor ko‘chasida joylashgan “Karvonboshi” oshxonasi oldidan 4 dona g‘ildiraklari, old va orqa tomon o‘rindiqlari, konditsioneri, old tomon chiroqlari yechib ketilgan hamda avtomashina salonida bo‘lgan D.R.ning fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi va avtomashina hujjatlari olib ketilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan M.Yu sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Izoh (0)