Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevga Xavfsizlik kengashini umrbod boshqarish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi, deb yozadi “Kommersant”.
Shuningdek, Qozog‘iston Senati tomonidan ma’qullangan Xavfsizlik kengashi to‘g‘risidagi qonun ushbu tashkilotga ichki siyosiy barqarorlikni saqlash, konstitutsiyaviy tuzumni, davlat mustaqilligini, hududiy daxlsizligini va xalqaro maydonda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini muvofiqlashtiruvchi konstitutsiyaviy organ maqomini beradi.
Senat tomonidan ma’qullanganidan keyin hujjat parlament tomonidan qabul qilingan hisoblanadi. Endi u imzolash uchun Nazarboyevning o‘ziga yuborildi.
Izoh (0)