O‘zbekistonda tez orada birinchi marta mikrosanoat zonalari paydo bo‘ladi, deb yozadi Sputnik Iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayevga tayanib.
“O‘zbekistonda maxsus zonalarning butun spektri yaratilgan — bu ham erkin iqtisodiy, ham kichik zonalar. Ayni paytda ‘Obod mahalla’ dasturi doirasida mikrosanoat zonalari deb ataluvchi hududlar paydo bo‘ladi, ular tom ma’noda fuqarolarning yashash joylarida joylashadi”, — dedi vazir.
Bunday zonaga misol sifatida Botir Xo‘jayev Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida joylashgan, 28 ayol ishlaydigan to‘qimachilik sexini keltirib o‘tdi.
Ammo vazir yangi zonalarning ishtirokchilari qanday imtiyozlarga ega bo‘lishiga va ular qanday muddatda tashkil etilishiga aniqlik kiritmadi.
Izoh (0)