• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘istonda to‘ylar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari muhokama qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev oilaviy marosimlarni tartibga solish, ularni isrofgarchilik va dabdabaga yo‘l qo‘ymasdan, shinam tarzda o‘tkazish bo‘yicha bir necha bor topshiriqlar bergan edi. Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: “Luckycash.ru”

    Foto: “Luckycash.ru”

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham oilaviy tadbirlarni o‘tkazish yo‘nalishida shakllangan o‘ziga xos urf-odat va an’analar aholi ishtirokida o‘rganib chiqildi. Jo‘qorg‘i Kengesning qarori e’lon qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa muassasa va idoralarga, davlat va nodavlat tashkilotlarga to‘y-hashamlar, oilaviy marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganib chiqish topshirildi.

    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi boshlig‘ining diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nurilla Jamalov:

    – Xalqimizda “birov to‘ngib sakrasa, birov to‘yib sakraydi” degan dono gap bor. Bunday dabdababozlikning sababi ham to‘yingandan, deb o‘ylayman. Isrofgarchilikning ham uvoli bor. O‘ylamasdan qilayotgan ishimizning bir kuni javobi ham bor. Misol uchun, bir vaqtlar suv serob bo‘lib, meva-cheva, nonimiz ham ko‘p bo‘ldi. Lekin, shu vaqtlari nonning axlat orasida yotganining ko‘p guvohi bo‘lardik. Sobiq ittifoq vaqtida hukumatda ishlaydiganlarga davlat tomonidan har oyda oziq-ovqatlar bepul berilar edi. Non, go‘sht va boshqa mahsulotlarni yeb ulgurmay, ortib qolsa, hovlining chekkasiga ko‘madiganlar ham bo‘ldi. “Unaqa qilib isrof qilguningcha, qo‘shnilaringa bersang bo‘lmaydimi” desam “Yo‘q, men bersam, nasibam unga o‘tib ketadi” deb javob berganlarni ham uchratdik. Bu ishlar uchun ham jazo oldik, aholimiz bir necha bor suvsizlikni boshidan kechirgani, chigirtkalarning ko‘payib ketib yetilishib turgan hosilni yo‘q qilgani bekor emas. Hozirgi vaqtda eng katta yutug‘imiz – tinchligimizdir. Biz shu tinchligimizning qadriga yetmay to‘yib sakramoqdamiz.

    O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahallalar Kengashi yoshlar tashkiloti yetakchisi Aziz Xalmuratov:

    – To‘y va boshqa marosimlarimiz qadriyatlarimizning ko‘zgusi. Shunday ekan to‘y-bazmlarning, marosimlarning ixcham, xalqning manfaatlarini, milliy qadriyatlarimizni va urf-odatlarimizni hisobga olgan holda o‘tkazilishini ta’minlash kerak. Yoshlarimiz o‘rtasida ushbu tushunchani singdirish maqsadida targ‘ibot ishlarini olib bormoqdamiz.

    Ishlarimiz o‘z natijasini berib, shunday marosimlarimizning tartibli, isrofgarchiliksiz o‘tkazilishiga erishmoqdamiz. O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Ular ertangi kunimizning egalari ekanligini hisobga olsak, birinchi navbatda yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solib, obod kelajakni qurish yo‘lini ko‘rsatishimiz kerak.

    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Ayjamal Nurjanova:

    — Har qanday qiz voyaga yetib, oq ko‘ylak kiyishni orzu qiladi. Umrida bir marta bo‘ladigan baxtli kunning esda qolarli bo‘lishini xohlaydi. Yonidagi tengdoshlari, do‘stlaridan kam bo‘lgisi kelmay, dabdabali to‘yning to‘rida o‘tirishni havas qiladi. Lekin, bir kunlik to‘yning keyini baxtsiz turmush, hatto, ajrashuvlar bilan yakunlanayotganining ko‘p guvohi bo‘lmoqdamiz. To‘g‘ri, ota-onalar ham farzandi uchun borini sochadi. Bolalarim baxtli bo‘lar, degan umidlar bilan to‘y qiladi. Shunday bo‘lsa ham, katta to‘y-bazmlar ularning baxti uchun kafolat bo‘lmaydi. Barchasi yoshlarning bir birini tushinib, totuv yashashiga bog‘liq.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh shtabining katta inspektori, mayor Murat Mirzamuratov:

    – To‘ylarimizni foydasiz urf-odatlardan xoli o‘tkazishimiz darkor. To‘ylarda urf bo‘lgan “gulyanka” sababli qanchadan qancha fuqarolarimiz jismoniy va moddiy zarar ko‘rmoqda. To‘g‘ri, shuning orqasidan ro‘zg‘orini tebratayotgan haydovchilar ham bor. Lekin, har qanday qing‘ir ishning parchasi chiqadi. “Gulyanka”da avtomobil boshqarish tavakkal ish, kunlarning birida avtohalokat bilan yakunlanadi. Sababi bir-ikki soatlik “qidirishma” uchun to‘y egalari ayrim paytlarda har bir avtomashinaga 500 AQSh dollarigacha pul to‘lamoqda.

    Menimcha, “gulyanka”ni umuman yo‘q qilish kerak. Buning uchun dastlab ushbu maqsadda yo‘lga chiqqan avtomashina boshqaruvchisini bir necha yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish va avtomashinani avtotransport qo‘yish maydonchasiga joylashtirish kerak. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan haydovchiga jarima solish choralarimiz natija bermayapti, aksincha jarimadan qutilish maqsadida avvalgidan ham qimmatroq narxda to‘ylarga ko‘proq buyurtma olmoqda.

    29.05.2018, 09:19   Izoh (0)   14309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Aripov MDH hukumat rahbarlari majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega boradi

    29.05.2018, 09:14

    Marg‘ilondagi “Mehribonlik uyi”da sodir etilgan jinoyat ishi bo‘yicha guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi

    29.05.2018, 09:03

    O‘zbekistonlik styuardessalar Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovda ikki nominatsiya bo‘yicha g‘olib deya topildi

    29.05.2018, 08:46

    Sherzod Qudratxo‘jayev O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori etib tayinlandi

    29.05.2018, 08:25

    Toshkentda Ichki ishlar tizimidagi yosh xodimlarning ota-onalariga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi

    29.05.2018, 07:07

    Farg‘onada shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga 36 ta Damas mashinasi topshirildi

    29.05.2018, 06:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:12

    Mualliflik qo‘shig‘i bitiruvchilar madhiyasiga aylangan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshda

    Madaniyat | 1 iyul, 11:59

    Ilon Mask yangi partiya tuzish bilan tahdid qildi. Tramp javob qaytardi

    Dunyo | 1 iyul, 11:55

    “Har yerni qilma orzu” — Gollivud yulduzlari kino olami va mashhurlik ortidagi razilliklar haqida

    Kino | 1 iyul, 11:41

    Pep Gvardiola “Al-Hilol”dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

    Sport | 1 iyul, 11:30

    Eronlik xakerlar Tramp yordamchilarining elektron xatlarini tarqatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 1 iyul, 11:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.