AQShning WYFF News 4 telekanali telereportyori va fotojurnalisti mamlakatga yog‘ilgan “Alberto” tropik dovuli tufayli halok bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hodisa jurnalistlar tabiiy ofat haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri reportaj olib borayotgan Janubiy Karolina shtatida yuz berdi. Ikki kishi o‘tirgan yo‘ltanlamasga daraxt qulab tushdi.
“Alberto” dovuli Florida qirg‘oqlariga 28-may kuni yetib keldi. Shamolning tezligi soniyasiga 20 metrdan oshdi.
Izoh (0)