Amazon va Blue Origin kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning fikricha, yaqin kelajakda Oyda odamlar yashaydigan qishloqlar, shuningdek, og‘ir sanoat zonalari tashkil etiladi. Bu haqda Bezos Kaliforniyada jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan anjumanda ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Milliardernig hisoblashicha, yaqin vaqtlar ichida suborbital parvozlar narxi arzonlashadi va o‘zining Blue Origin kompaniyasi faol ravishda New Shepard suborbital kemasi ustida ish olib bormoqda. Mazkur qurilma 30-aprel kuni muvaffaqiyatli uchish va qo‘nishni amalga oshirgan. Bundan tashqari 2020-yilga borib Blue Origin orbitaga ko‘p martalik News Glenn kemasini uchirishni rejalashtirmoqda.
Bezosning fikricha, millionlab odamlar kosmosda ishlashi mumkin, shuningdek, u yerga og‘ir sanoat obyektlarini joylashtirsa ham bo‘ladi. Bu Yer yuzida o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirishning yagona chorasi hisoblanadi.
“Biz Yerni tark etishga majbur bo‘lamiz. Sayyoramizni tark etamiz va u yanada yaxshiroqqa aylanadi. Biz shunchaki uni tark etamiz, qolishni istaganlar esa, qolaveradi”, — deydi milliarder.
Bezos birinchi navbatda Oy yuzasiga qo‘nishga mo‘ljallangan kosmik kemani yaratishni taklif qilmoqda.
Anjuman vaqtida u Oyga 5 tonnagacha yuk, shuningdek, odamlarni tashishga qodir agregatning uch o‘lchamli modelini namoyish etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyihani 2020-yilning o‘rtalariga qadar amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)