Twitter asoschisi va rahbari Jek Dorsi Avstraliyada jurnalistlar oldida qilgan chiqishida noutbukdan foydalanmasligini, chunki unda shunchaki noutbuk yo‘qligini ma’lum qilgan. Dorsi barcha ishini telefonda— aniqrog‘i ovozli matnlarni yozish funksiyasidan foydalanishini aytgan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Tadbirkor kompyuterlar va telefonlar odamning barcha vaqtini yeb qo‘yadi, deb hisoblaydi. Bu yuz bermasligi uchun Dorsi bir nechta odatni o‘zlashtirgan: u ertalab ishga chiqmagunicha, telefonini tekshirmaydi. Ishlashi kerak bo‘lganda esa barcha xabarlarni o‘chirib qo‘yadi.
Dorsining chalg‘imaslik uchun yana bir usuli — yig‘ilishlar vaqtida gadjetlarni chetga surib qo‘yish. Uning fikricha, agar yig‘ilishlar vaqtida kompyuter va telefonlar yoqilgan bo‘lsa, majlis bekorga o‘tib ketadi, hamma chalg‘iydi.
Izoh (0)