Poytaxtda “Toshkent” vokzali yaqinidagi avtostansiyadan Nurafshon ko‘chasigacha qatnagan 7A va 7B avtobus yo‘nalishlari o‘z faoliyatini tugatdi, deb yozadi Repost.
Shuningdek, 151-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi. Endi u “Chilonzor buyum bozori — Yunusobod 19-dahasi bekati” deb nomlanadi va 6:00 dan 21:00 gacha ishlaydi.
Xabar berilishicha, Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinishi tufayli, 32, 132 va 135-avtobuslarning yo‘nalishlari vaqtinchalik o‘zgartirilgan.
Izoh (0)