Toshkent markazidagi yer osti avtomobillar turargohi 7 milliard so‘m boshlang‘ich narx bilan kimoshdi savdosiga qo‘yildi, deb yozadi Spot “Ko‘chmas mulk savdo xizmati” kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib.
E’londa aytilishicha, yer osti turargohi Matbuotchilar va Nuroniylar ko‘chalari kesishmasida, “Kapitalbank” ofisi va “Poytaxt” savdo markazi qarshisida, yer usti turargohi tagida joylashgan.
Obyektning umumiy maydoni — 2,8 ming kvadrat metr. Boshlang‘ich narxi — 7,5 milliard so‘m.
Avtoturargoh “Sharq” nashriyot uyining 22-maydagi buyurtma xatiga asosan savdoga qo‘yilgan. Savdolar 27-iyun kuni o‘tkaziladi.
Izoh (0)