Rossiyalik harbiylar havo hujumidan mudofaa qilishga mo‘ljallangan yangi avlod C-500 tizimini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda CNBC telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, C-500 tizimi rekord masofada uzoqlikdagi nishonni (480 kilometr) mahv etgan. Bu esa shu kunga qadar o‘tkazilgan sinov natijalaridan 80 kilometrga ko‘p demakdir.
Ta’kidlanishicha, mazkur tizim gipertovushli raketalarni, uchuvchisiz boshqariladigan qurilamalar va samolyotlarni tutib qolishga mo‘ljallangan. Shuningdek, u F-22 va F-35 kabi “ko‘rinmas samolyot”larni ham tutib qolishga qodir. C-500 100 kilometrgacha balandlikda bo‘lgan uchar obyektlarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega.
Izoh (0)