Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Kim Ke Gvanning ma’lum qilishicha, KXDR hamon AQSh bilan munosabatlarini yaxshilash niyatida va istalgan vaqtda hamda istalgan formatda Amerika hukumati bilan uchrashuv o‘tkazishga tayyor, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“Biz AQSh bilan muzokara o‘tkazishga va mavjud masalalarni istalgan vaqtda hamda istalgan formatda ko‘rib chiqishga tayyor ekanligimizni bildiramiz”, — deyiladi xabarda.
Kim Ke Gvanning ta’kidlashicha, bir tomonlama sammitning beror qilinishi KXDR hukumatini AQSh bilan munosabatni yaxshilash uchun barcha sa’y-harakatlar tayyor ekanligini baholashga majbur qildi.
“Bizning butun dunyo va Koreya yarimorolidagi tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi harakatlarimiz o‘zgarishsiz qolmoqda va biz AQShga o‘z qarorini ko‘rib chiqishi uchun yetarlicha vaqt beramiz”, — deya ta’kidlaydi vazir.
Izoh (0)