Kalingradda FXX tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida rossiyaliklarni terrorchi guruhlarga yollashga aloqador Markaziy Osiyodan bo‘lgan 8 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Klops.ru” xabar berdi.
Ularning barchasi IShID tarkibiga kiradigan “Jamoat Tavhid al-Jihod” guruhiga mansub bo‘lgani aniqlandi. Erkaklar kaliningradliklarni IShID safiga da’vat qilib kelgan.
Tintuvlar chog‘ida ularning yashash manzillaridan targ‘ibot videomateriallari bo‘lgan kompyuterlar, uyali aloqa vositalari va jinoiy faoliyatda qo‘llangani taxmin qilinayotgan bank kartalari aniqlandi va musodara etildi.
Qo‘lga olinganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ash masalasi hal etilmoqda. Ulardan uch nafari Rossiyadan badarg‘a qilinadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)