AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Tomohawk qanotli raketalarini sotib olishdan bosh tortadi. Bu haqda Harbiy-dengiz kuchlarining 2019-yilgi budjet loyihasiga asoslanib, Defense One xabar berdi.
Harbiylarning fikricha, 1980-yillar oxiridan buyon ishlab chiqarilayotgan Tomohawk zamon talablariga javob bermaydi. Amerikalik harbiylarning uning o‘rniga uzoq masofadagi kemalarga qarshi mo‘ljallangan AGM-158C LRASM (Long Range Anti-Ship Missile) va yerdagi nishonlarga mo‘ljallangan NGLAW (Next Generation Land Attack Weapon) raketalariga e’tibor qaratish niyatida.
Nashrning ta’kidlashicha, raketalar Pentagon uchun birinchi navbatda Suriyada vaziyat uchun kerak.
Izoh (0)