AQSh tarixida birinchi marta qora tanli ayol shtat gubernatori lavozimi uchun mamlakatdagi ikkita yetakchi partiyaning biridan nomzodga aylandi, deb yozadi “TASS”.
Bunda gap Jorjiya shtati gubernatorligiga Demokratik partiyadan nomzod saylovida g‘olib bo‘lgan Steysi Abrams haqida bormoqda.
Agar u respublikachilardan nomzodni yutib chiqsa, AQSh tarixidagi birinchi qora tanli gubernator ayolga aylanadi. Unga Respublikachilar partiyasidan raqib kim bo‘lishi hozircha aniq emas, bu iyul oxirida ma’lum bo‘ladi.
Jorjiya gubernatori saylovi 2018-yil 6-noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)