Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida kutilmagan to‘fon chog‘ida qurilish minora krani quladi. “RIA Novosti” holat aks etgan videoni taqdim etdi.
Xabar qilinishicha, to‘fon boshlangan vaqtda qurilish kompaniyasi kranni qurilish maydonidan demontaj qilayotgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar bo‘lmagan.
Kuchli shamol Ostonaga 22-may kuni kutilmaganda yopirilgan. Ertalab shaharda havo quyoshli bo‘lgan. Tushdan keyin osmonni bulut qoplagan, kuchli shamol turib, yomg‘ir va do‘l yog‘ishni boshlagan.
Izoh (0)