AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington hamon Pxenyan bilan 12-iyun kuni muzokaralar o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz haliyam 12-iyun kuni muzokaralar o‘tkazish ustida ishlayapmiz”, — dedi Pompeo uchrashuvning qoldirilishi ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 12-iyunga rejalashtirilgan sammit borasida ikkilanayotgani haqida xabar berilgan, keyinroq Tramp sammitdan voz kechishi mumkinligi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, AQSh prezidenti uning Kim Chen In bilan uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkinligini ham aytgan edi.
Izoh (0)