Tailand harbiy-havo kuchlarining L-39 o‘quv-mashg‘ulot samolyoti mamlakat shimolidagi Tak provinsiyasida halokatga uchradi. Ikki uchuvchidan biri halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Samolet golf maydoniga quladi, uchuvchi — 36 yoshli mayor Krekkiata Suvannoning jasadi halokat joyi yaqinida aniqlandi. Uning katapultani amalga oshirish chog‘ida o‘lgani taxmin qilinmoqda.42 yashar polkovnik Chirasak Namvongtri samolyot bo‘laklari yonidagi uchuvchi kursisidan topildi. Shifokorlar uni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi, hozirda uchuvchining holati barqaror ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)