Amerikaning Ogayo shtatidagi Reynoldsburg shahrida o‘qituvchi ayol buyragini o‘quvchi qizga berishga rozi bo‘ldi, deb yozadi Forum Daily.
O‘n yoshli Iva Evans ismli qizchada 2017-yilda buyrak faoliyatidagi yetishmovchilik yuzaga kelgan. Qiz buyrak ko‘chirib o‘tkazilishiga ehtiyoj sezgan va faqat dializ mashinasi hisobiga yashagan: qizni unga har kuni o‘n soat davomida ulab qo‘yishgan.
Organlar mos kelmasligi tufayli, Ivaning qarindoshlaridan hech biri unga o‘z buyragini bera olmasligi ma’lum bo‘lgach, uning oilasi Facebook orqali donor topishga urindi.
Qiz o‘qiydigan maktabda o‘qituvchilik qiladigan 48 yoshli Tanya Tomas ismli ayol unga yordam berishga qaror qildi.
Ko‘p oylar davom etgan tekshiruv uning buyragi Ivaga ko‘chirib o‘tkazish uchun mos kelishini tasdiqladi. Operatsiya yozning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)