Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi aniqlangani tasdiqlangan holatlar soni 28 taga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Virus bilan zararlangan yettita yangi holat Iboko shahrida aniqlangan. Ayni paytda mamlakatda Ebola bilan bog‘liq 51 ta holat qayd etilgan. Ulardan 28 tasi rasman tasdiqlangan, 21 ta holat ehtimoliy hisoblanmoqda va yana ikkita holatda virus borligi gumon qilinmoqda. Vangata shahrida Ebola bilan bog‘liq o‘lim holati tasdiqlangan.
21-may kuni hukumat Ebola tarqalishidan jabr ko‘rgan hududlarda emlash kampaniyasini boshlagan.
Avvalroq mamlakatda 14 kishi Ebola bilan kasallangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)