Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyatida noma’lum qurollangan kishilar kamida 5 nafar sapyorni o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy politsiya boshlig‘i Abdul Roziq ma’lum qildi, deya xabar beradi EADaily.
Unga ko‘ra, jangarilar yana bir sapyorni garovga oldi.
Sapyorlar Turkmaniston—Afg‘oniston—Pokiston—Hindiston bo‘ylab o‘tadigan gaz quvuri yo‘nalishini minalardan xoli qilish uchun Aims De-mining kompaniyasi tomonidan yollangandi.
Mazkur hujum “Tolibon” harakati tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)