Yaponiyaning Japan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767 yo‘lovchi layneri 21-may, dushanba kuni Tokioning Narita xalqaro aeroportidan uchib chiqayotgan paytida yonib ketdi, deb yozadi “TASS”.
Gonkongga yo‘l olgan samolyotning 137 nafar yo‘lovchisi tutunga to‘lgan salondan shoshilinch tarzda evakuatsiya qilindi.
Uch kishi tutundan zaharlandi, ularga yordam ko‘rsatilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning dum qismida joylashgan qo‘shimcha quvvat bloki yonib ketgan.
Izoh (0)