Jangarilarning Grozniydagi cherkovga hujumi chog‘ida halok bo‘lgan ziyoratchining shaxsi aniqlandi. Bu haqda Maxachqal’a va Grozniy arxiyepiskopi Varlaam ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bu Artemiy. U O‘zbekistondan kelgan, shu yerda yashab, qarindoshlarini axtarayotgandi. Uning bu yerda yaqinlari yo‘q, shuning uchun dafn etish bilan o‘zimiz shug‘ullanamiz”, — dedi Varlaam.
Hujum oqibatida o‘zbekistonlik ziyoratchidan tashqari cherkovni qo‘riqlagan ikki politsiyachi ham halok bo‘ldi. Yana ikki nafar huquq-tartibot xodimi jabrlandi.
To‘rt nafar jangari maxsus operatsiya davomida yo‘q qilindi.
Izoh (0)