Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19-may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidentining Andijonga tashrifi haqida uning matbuot kotibi Komil Allamjonov ham 18-may kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgandi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyuradi. Tashrif davomida to‘qimachilik, pillachilik, farmatsevtika, agrosanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, viloyat faollari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan”, — deb ta’kidladi u.
Izoh (0)