Toshkent va Kobul o‘zbek tomoni Afg‘oniston neft-gaz sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashini ko‘zda tutuvchi memorandumni imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
“O‘zbek tomoni bizga neft-gaz sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlashda yordam berishi mo‘ljallanmoqda. Hozirda tegishli memorandum ustida ishlayapmiz, yaqin orada imzolashimiz kerak. Hujjatda bu masalada tomonlarning vakolatiga aniqlik kiritiladi”, — dedi Afg‘oniston konlar va neft vaziri vazifasini bajaruvchi Nargis Nihon.
Uning aytishicha, o‘zbek mutaxassislari Afg‘onistonda bo‘lib qayganidan so‘ng aniq ish ko‘lami belgilanadi va O‘zbekistonda har yili tahsil oladigan afg‘on fuqarolarining soniga aniqlik kiritiladi.
Izoh (0)