Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda Jahon banki shtab-kvartirasida bo‘ldi va bank prezidenti Jim Yong Kim bilan muzokaralar olib bordi.
Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari Jahon banki shtab-kvartirasiga tashrifi chog‘ida mazkur muassasada ishlaydigan o‘zbekistonliklar bilan uchrashgan va muloqotda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Jim Yong Kim bilan muzokaralaridan so‘ng Jahon banki O‘zbekistonga 940 million dollar kredit ajratishga qaror qildi.
Izoh (0)